Turinning «Yuventus» jamoasi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri YeChL nimchorak finalidagi «Bavariya»ga qarshi birinchi uchrashuv oldidan qanday taktika bilan harakat qilmoqchiligi haqida gapirib o‘tdi.
«Men «Bavariya»ni turli uslublarda o‘ynaydigan jamoa deb bilmayman. Barchamiz bilamizki, ular to‘pni nazorat qilishni xush ko‘rishadi. Biz oldindagi o‘yinda ularni to‘psiz qoldirmoqchimiz. Buni qanchalik uddalaymiz, keyin baholaymiz. Gvardiola — buyuk murabbiy, uni uslubi uchun «Barselona»daligidayam tanqid qilishardi, lekin u o‘z uslubini «Bavariya»da ham muvaffaqiyatli ravishda qo‘llamoqda. Garchi nemislar jamoasida bu o‘yin uslubi uchun tug‘ilgan bir qator futbolchilar, masalan Messi yo‘q bo‘lsada.
Siz men o‘yinga qanday tarkibni tushirishni rejalashtirganimni bilishni istaysizmi? Katta syurprizlar qilish niyatida emasman. Biz butun dunyo ko‘z o‘ngida turadigan muhim o‘yin arafasida turganimizni bilamiz va shunga qarab harakat qilamiz. O‘tgan safar uy o‘yinida 0:0 hisobiga erishsak, xursand bo‘lishimni aytgandim, keyin esa meni tinimsiz haqorat qilishdi! Menimcha, endi bu o‘yin nursiz durang bilan yakunlanmaydi», deya murabbiyning so‘zlarini keltiradi Football Italia nashri.
«Yuventus» — «Bavariya» o‘yini 23 fevral kuni Turinda, Toshkent vaqti bilan soat 00.45da boshlanadi.