Luis Enrike: «O‘yindan oldin Messi, Suares va Neymarga qarab „Abrakadabra“ deyman va afsun o‘z kuchini ko‘rsata boshlaydi»

Sport 11:34 / 23.02.2016 3299

Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiyi Luis Enrike Yevropa chempionlar ligasining 1/8 final doirasidagi «Arsenal»ga qarshi uchrashuvi oldidan o‘z jamoasi hujum chizig‘ini dunyoning eng kuchli uchligi deb atadi.

«O‘yindan oldin Messi, Suares va Neymarga ularni ruhini ko‘tarish uchun nima deyman? «Abrakadabra» deyman va sehr-jodu o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi.

Jamoamda doimiy ravishda yaxshi hujumchilar bo‘lishgan. Men boshqarayotgan «Barselona»da esa dunyoning eng kuchli hujum chizig‘i to‘p suradi. Ularda maydonda harakatlanish uchun erkinlik bor, shunga qaramay ular zimmasiga yuklatilgan vazifani yaxshi bilishadi, kerakli paytda pressing qilish kerakliginiyam tushunishadi. Qolganlar esa ularni qulay to‘p uzatmalari bilan ta'minlashga harakat qilishadi.

Barcha futbolchilarning maqsadi bitta. Shuning uchun ham hammasi oddiy.

Messi o‘tgan mavsumni yuksak saviyada o‘tkazdi. Bu mavsumda ham u o‘z darajasini saqlab qoldi yoki undanda yaxshiroq o‘ynamoqda. Shunday futbolchilar bo‘ladiki, vaqti-vaqti bilan o‘zi uchun maydonda yangiliklarni kashf qilib boradi. Leo osonlik bilan eng yaxshi yarimhimoyachiga aylana olishi mumkin, uning markaziy hujumchi sifatidagi statistika esa shunchaki aqlbovar qilmas darajada. U jamoa yetakchisi va eng muhim futbolchi», – deya Luis Enrikening so‘zlaridan iqtibos keltiradi As nashri.

Ko‘proq yangiliklar: