"Lokomotiv" OChLni "Al-Ittihod"ga qarshi o‘yindagi durang bilan boshladi

Sport 17:12 / 23.02.2016 3228

Bugun, 23 fevral kuni Toshkent shahridagi "Lokomotiv" stadionida OChL-2016 turnirining "A" guruhidan o‘rin olgan "Lokomotiv" va "Al-Ittihod" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘yinda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi.

O‘yinning 34-daqiqasida mehmonlar vakili Rivaz hisobni ochdi. "Temiryo‘lchilar" yarimhimoyachisi Sardor Mirzayev 89-daqiqada hisobni tenglashtirdi.

OChL, 1-tur. "A" guruhi
"Lokomotiv" - "Al-Ittihod" — 1:1
Gollar: Mirzayev (89) - Rivaz (34)
"Lokomotiv": Ignatiy Nesterov, Nemanya Yanichich, Islom To‘xtaxo‘jayev, Sherzod Fayziyev, Oleg Zoteyev, Sardor Mirzayev, Kaxi Maxaradze, Server Jyeparov, Temur Kapadze, Sanjar Shoahmedov, Temirxo‘ja Abduxoliqov.
"Al-Ittihod": Al-Qarni, Salli Muntari, Faxd Muvallad, Rivas, Abdulfattoh, Ahmad Asiri, Bajandu, Al-Yami, Luchian Sammartin, As-Sahafi, Al-Haybari.

Ko‘proq yangiliklar: