Kanadalik dunyo bo‘ylab sayohati davomida McDonald’s taomlarini baholab bormoqda

Jamiyat 13:31 / 23.02.2016 2080

28 yoshli kanadalik dasturchi va bloger Jyeyms Makgovan dunyo bo‘ylab sayohat qilib, turli davlatlardagi McDonald’s tamaddixonalaridagi taomlarga sharh berib boradi. Makgovanga Metro nashri e'tiborini qaratdi.

Oxirgi 5 yil ichida Jyeyms 53 ta davlatda bo‘lgan va McDonald’s tamaddixonalaridagi taomnomalarda taklif qilingan 300 dan ko‘proq taomni iste'mol qilib ko‘rgan. Bunda unga rafiqasi yordam bergan. Jyeyms The Wall Street Journal nashriga bergan intervyusida uning McDonald's Around the World (McDonald's dunyo bo‘ylab) blogiga 2 mln dan ko‘proq odam tashrif buyurganini aytgan. Ba'zi tashrifchilar unga pochta orqali u bo‘lmagan davlatlardagi McDonald’s’da taklif qilinadigan taomlardan yuborganlar. Jyeyms o‘z blogini 2011 yildan boshlab olib boradi, McDonald’s taomlarini esa 2005 yildan boshlab sinay boshlagan.

Jyeyms bo‘lgan davlatlar orasida Rossiya ham bor. U Moskvaga 2010 yil fevralda tashrifi vaqtida Beef A La Rus burgerini tanovul qilib ko‘rgan. U bu taomga 5 balldan 4 ball qo‘ygan.

Yaponiyadagi shokoladli kartoshka esa bunday ko‘rinishga ega. U bu taomga 3,5 ball qo‘ygan.

 

Bu esa krab tayoqchalari va karri qo‘shilgan tay somsasi, unga 4 ball qo‘yilgan.

 

Jyeymsga uncha yoqmagan Gonkongdagi ananasli burger, shuning uchun bu taom "failed", ya'ni "qoniqarsiz" deb baholangan.

 

Jyeyms Kuala-Lumpurda shokolad va apelsinli Makflurini tatib ko‘rgan va unga "2" baho qo‘ygan.

Jyeyms Buyuk Britaniyada rafiqasi bilan olmali va olchali sulili bo‘tqa tatib ko‘rgan va taomlar u tomondan 2,5 ballga loyiq deb topilgan.

Ko‘proq yangiliklar: