Infantino: «2026 yilgi JChda 40ta terma jamoa ishtirok etishi kerak»

Sport 19:19 / 23.02.2016 2909

FIFA prezidentligi uchun saylovda asosiy nomzod sifatida qaralayotgan, UYeFA bosh kotibi Janni Infantino 2026 yilgi jahon chempionati ishtirokchilari soni 40ta bo‘lishini istamoqda.

«Men ishonch bilan aytamanki, 2026 yildan mundialda ishtirok etuvchi jamoalar soni 40ta bo‘lishi kerak. Bu to‘rt yilda bir marta butun dunyoni o‘ziga qarata oladigan musobaqa va mundial sayyoramizning har bir burchagida futbolni rivojlantirish uchun ajoyib imkoniyat. Agar biz yana 8ta mamlakatga imkoniyat bersak, bu 8 mamlakatdagi muxlislar uchun haqiqiy ehtiroslarni hadya etamiz. Shuningdek, chempionatning obro‘si yanada oshadi.

Bu masalani ko‘pchilik bilan, tegishli shaxslar ishtirokida muhokama qilish kerak. Men futbolga befarq bo‘lmagan har bir kishiga ushbu taklifni aytmoqchiman.

UYeFAda ishlab Yevropa chempionatida ishtirok etuvchi jamoalar sonini 16 tadan 24taga yetkazishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etganman. Bu qaror sport, reklama va moliya nuqtai-nazaridan muvaffaqiyatli ekani tasdiqlandi. Men aniq bilaman, JChda ham ushbu natijaga erishamiz», - deydi Infantino.

Ko‘proq yangiliklar: