Hewlett-Packard kompaniyasi Mobile World Congress (MWC) 2016 ko‘rgazmasida eng kuchli Windows-smartfonini taqdim etdi. HP xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, yangilik Windows 10 Mobile operatsion tizimida ishlab, uni biznes uchun universal qurilma sifatida ham telefon, noutbuk va stol kompyuteri sifatida foydalanish mumkin.
Qurilmani Desk Dock dok-stansiyasiga ulab (tashqi monitor ulash, ikkita USB-A va bitta USB-C portlari, Ethernet-interfeysi imkoniyatlari mavjud), uni katta kompyuter kabi qo‘llash mumkin. "Boshqa Mobile Extender dok-stansiyasi, qurilmani “elit” Windows-smartfonidan 12,5 dyuymli HD-displeyga ega yengil noutbukka (1 kg atrofida) aylantirib qo‘yadi", deb ta'kidlashdi HP vakillari.
Bunday imkoniyatni, Windows 10 operatsion tizimining yangi Continuum funksiyasi yordam beradi. Har bir dok-stansiyalar qurilmadan alohida sotuvga chiqariladi.
Shu ma'lumki, “biznes-fablet”ning “yuragi” Qualcomm Snapdragon 820 protsessori bilan jihozlangan. Elite x3`ning qolgan texnik xususiyatlari keyinchalik rasman e'lon qilinadi.