Hamma baxtli bo‘lsin! Yurak hikoyalari. To‘qqizinchi hikoya

Jamiyat 09:39 / 23.02.2016 7096

Tarixda bo‘lib o‘tgan hodisani o‘zgartib bo‘lmaydi. Bo‘lib o‘tgan hodisa - bo‘ldi, ketdi, faqat izi qoldi. Guljamila Ikromovaning hikoyasini eshitar ekanman, mamlakat va uning fuqarolarining taqdiri uzviy bog‘langanligini va hatto bolalaringni bolalariga ham ta'sir qilishi mumkinligini e'tirof etmasdan iloj yo‘q.

Saksoninchi yillarda olti farzand onasi Guljamila kolxozda ishlar edi. Ko‘p bolali ona ekanligiga hech kim hech qanday imtiyoz bermagan. Ikki yillik dekret ta'tili va yana dalaga - ertadan kechgacha. Davlat uchun eng muhimi reja bajarilishi edi. Bolalar kuni bo‘yi buvisini qaramog‘ida deb hisoblanardi, lekin aslida o‘z holiga tashlab qo‘yilgan edi. Guljamolning bir o‘g‘lining barmoqlarini pilorama kesib tashlagan, bir necha yil o‘tgach, shuning asabiy asorati natijasida u qandli diabetga mubtalo bo‘lib qoldi.

Hayot davom etaverarkan, maktab, keyin kollejni tugatib, o‘g‘li o‘ylandi, o‘zidan ko‘paydi. Ikkinchi qizi - Shahnozaga tug‘ma yurak xastaligi (TYuX) tashhisi qo‘yildi. Yettinchi mart kuni ikki yoshga to‘ladi. Oilada uchta bola bor, eng kattasi olti yoshda, kenjasi - olti oylik. Shahnozani Toshkentga buvisi Guljamila, nevarasinig «yuragidagi shovqinlarni davolash uchun», olib keldi. Lekin yurak qorinchalari o‘rtasidagi parda nuqsonini (YuQO‘PN) faqat jarrohlik yo‘li bilan davolash mumkin.

TYuX har bir ming tug‘ilgan chaqaloqlar orasida 6-7 marta uchraydi - bu barcha tug‘ma kasalliklarning 30% tashkil etadi. Lekin yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bir yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi sababi sifatida birinchi o‘rinda turadi. Bola bir yoshdan oshgan keyin bolalar orasida o‘lim hodisalari keskin kamayadi va 1 yoshdan 15 yoshgacha TYuX sababidan nobud bo‘lganlar soni 5% oshmaydi. Albatta, bu katta va jiddiy muammo ekanligi barchaga ayon. TYuXni davolashni faqat jarrohlik yo‘li bilan ta'minlash mumkin. Kardiojarrohlik yutuqlari tufayli oldin operatsiya qilib bo‘lmaydigan holatlarda ham hozir murakkab rekonstruktiv operatsiyalar qilib, kasallikni davolash mumkin.
Hozirgi kunda TYuX chalingan bolalarga yordam berishda xastalik turini aniqlab, jarrohlik klinikasida yuqori malakali operatsiya o‘tkazish eng dolzarb masala.

Nasliy kasallik sifatida TYuX kam uchraydi, bu kasallik rivojlanishiga xomilaning birinchi trimestrida (birinchi uch oyida) sodir bo‘lgan salbiy ta'sirlar (virus kasalliklari, masalan qizilcha, bir xil dorilar ta'siri, qisqa to‘lqinli nurlanishlar, yomon ekologiya) asosiy sabablar hisoblanadi.

Shuningdek, bolaning otasining sog‘lig‘i ham muhim. Qolaversa, yaqin qarindoshlar orasidagi nikohlar, buzilgan ekologiya, onaning yoshi, erg‘xotinning endokrin kasalliklari, toksikoz, birinchi trimestrda bo‘lib o‘tgan bolaning tushish xavfi, oldin onadan o‘lik bola tug‘ilganligi, yaqin qarindoshlar orasida YuTX bilan tug‘ilgan bolalar borligini shifokorlar alohida ko‘rsatadilar.

Shu yerda paxta dalalarga mo‘l-ko‘l sepilgan defoliant va pestitsidlarni ham esga olish joiz. TYuX olib keladigan omillar haqida albatta gapirish kerak. Ular haqida OAV orqali yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarni odatiy hol, toksikoz hammada bo‘ladi-o‘tadi, homilador ayolni shifokor tomonidan kuzatilishini rasmiyatchilik, deb hisoblaydiganlarni ogohlantirish talab etiladi.

Shahnoza operatsiyaga juda ham muhtoj edi. O‘zbekistonda bolalarni operatsiya qilish va davolash bepul, lekin hozircha davlatimiz yurakda operatsiya o‘tkazilishiga muhtoj barcha bolalarni oksigenator va boshqa zarur ashyolar bilan ta'minlashning imkoni yo‘q.

Oksigenator - ochiq yurakda jarrohlik o‘tkazilayotganda bir marta ishlatiladigan qimmatbaho moslama.

Shahnoza uchun kerakli oksigenator «Sochnaya dolina» savdo markasi 2015 yilda o‘tkazgan «Hayotlarni birgalikda qutqaraylik!» aksiyasidan tushgan mablag‘ hisobidan sotib olindi. Noyabr oyi mobaynida har bir sotilgan sharbat qutisidan tushgan pulning bir qismi og‘ir xastalikka chalingan bolalarni operatsiya qilish uchun o‘tkazilgan edi. Aktsiya 15 ta bolaning operatsiya qilish uchun yetarli pul yig‘di.

Bu mablag‘lar shunday operatsiyalarni amalga oshiradigan Toshkent pediatriya institutining klinikasiga o‘kazildi. O‘z qarovidagi bemorlarni tug‘ilgan kunidan yoki TYuX tashhisi qo‘yilgan kundan beri biladigan, ularning oilaviy ahvolidan, ota-onalarining imkoniyatidan yaxshi xabardor shifokorlar kam ta'minlangan oilalarda istiqomat qiluvchi operatsiyaga muhtoj bolalarni o‘zlari tanlab, tavsiya qildilar.

Guljamila opaning chehrasida tabassum, operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi va ular nevarasi bilan uyiga, Buxoro viloyatining Xalqobodiga shoshib turishibdi. «Bahor ham kelib qoldi. 15 nevaram bo‘lsa, 12 sotih yerim ham bor va hammasi menga muhtoj. Hammasi baxtli bo‘lsin!» dedi, suhbatni yakunlar ekanmiz, Guljamol opa.

Bu o‘n beshta «Yurak hikoyalaridan» to‘qqizinchisi va hali bularning davomi bor.

Yurak hikoyalari. Birinchi hikoya. «Men bor joyda - doim quyosh charaqlaydi...»

Yurak hikoyalari. Ikkinchi hikoya: «Endi men yashashni istayman...»

Yurak hikoyalari. Uchinchi hikoya: «Ura, men operatsiyaga boraman!»

Yurak hikoyalari. To‘rtinchi hikoya: «Qo‘lbola mo‘'jiza»

Yurak hikoyalari. Beshinchi hikoya: Ona: O‘g‘ilchamning yurakchasi urayaptimi, degan xavotirda uyg‘onib, qulog‘imni ko‘kragiga qo‘yib eshitmagan kecha bo‘lmasa kerak

Yurak hikoyalari. Oltinchi hikoya: Oltinchi hikoya: «Tanishlar u hali ham hayotmi deb, ajablanishar edi...»

Yurak hikoyalari. Sakkizinchi hikoya:  «Evrika, meni tuzatishdi!»

Reklama huquqlari asosida.

Ko‘proq yangiliklar: