Global Mobile Challenge tanlovi YouTube‘da namoyish etiladi

Fan-texnika 15:41 / 23.02.2016 1527

Eng yirik aloqa operatori Beeline 2016 yilning 22-26 fevral kunlari Barselonada Halqaro mobil aloqa kongressi doirasida bo‘lib o‘tadigan Global Mobile Challenge jahon birinchiligi boshlangani haqida xabar beradi. Mazkur tanlovning 19 ishtirokchilaridan biri – O‘zbekistonlik “Stolik” startap guruhi, ushbi guruh Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Eurasia Mobile Challenge hududiy finalining g‘oliblar uchtaligiga kirgan. 28 yanvar kuni turnir to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyidagi havola orqali namoyish etiladi. youtube.com

Global Mobile Challenge, mobil ilovalar segmentida eng yirik va nufuzli tanlov hisoblanib, bu yili barcha qit'adagi minglab raqiblari bilan kurashib, Barselonaga yo‘l olgan 19 jamoani yig‘di.

Uning saralash bosqichidan biri – Eurasia Mobile Challenge (“Yevraosiyo Mobil Kubogi”) 2015 yilning sentabr oyida boshlanib, Make Your Mark (“O‘z izingni qoldir”) nomli VimpelCom‘ning global loyihasi doirasida o‘tkazilmoqda. Tanlov Yevraosiyoda raqamli startap-ekotizimning faol rivojlanishiga ko‘maklashish, shuningdek yangi mobil yechimlarni yaratish va joriy etish uchun texnologik qurollar bilan ta'minlashga qaratilgan.

Tafsilotlar www.eurasiamobilechallenge.com saytida.

Ko‘proq yangiliklar: