FQB ikki nafar xitoylikni Goodear kompaniyasini aldagani uchun hibsga oldi

Jahon 07:34 / 23.02.2016 2361

AQSh Federal qidiruvlar byurosi bosh qarorgohi Ogayo shtatida joylashgan, avtomobil shinalari ishlab chiqaruvchi dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri Goodear Tires kompaniyasining da'vo arizasi bo‘yicha ikki nafar xitoylikni hibsga oldi.

FQB matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, 40 va 41 yoshdagi xitoylik fuqarolar kompaniyaning Singapurdagi filialida ishlagan. Kompaniya bu filiali orqali 1 mlrd dollarlik tabiiy kauchuk sotib olgan.

Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, xitoyliklar kauchuk sotilishidan tushgan puldan ma'lum haq olgan hamda bu bilan kompaniyaga ziyon yetkazgan. Ularning bu firibgarligidan ko‘rilgan ziyon miqdori aniqlashtirilmoqda.  

Ta'kidlanishicha, erkaklar bir necha yillik faoliyati davomida bir necha o‘n ming dollar ishlab olgan bo‘lishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: