Avstriyaning Vena shahri 17-bor yashash uchun dunyoning eng yaxshi shahri sifatida e'tirof etildi. Bu haqida Reuters xabar bermoqda.
Mercer konsalting kompaniyasi ro‘yxatida dunyo shaharlari orasida yuqori turmush darajasiga ega shahar maqomiga Vena shahri sazovor bo‘ldi. Eng so‘ngi pog‘onani Iroqning Bag‘dod shahri egalladi.
Reytingda 10 ta mezon, masalan, siyosiy barqarorlik, sog‘liqni saqlash, ta'lim, jinoyatchilik darajasi, bo‘sh vaqt taqsimoti va transport xizmati kabilar inobatga olindi. Xabarda yozilishicha, Venada ijara to‘lovi va jamoat transporti ham boshqa g‘arb davlatlariga nisbatan arzonroq.
Venadan keyingi o‘rinlarni Tsyurix, Oklend, Myunxen va Vankuver kabi shaharlar egallagan.