Daniya bosh vazirini Ryanair aviakompaniyasi samolyotida uchgani uchun ziqnalikda ayblashdi

Jamiyat 18:31 / 23.02.2016 2894

Daniya bosh vazirini Irlandiyaning Ryanair aviakompaniyasi samolyotida uchgani uchun ziqnalikda ayblashdi.

"Agar bosh vazir Ispaniyaga dam olish sayohati uchun irlandlarning Ryanair aviakompaniyasini tanlamaganida, Daniya aholisi bunga e'tibor qaratmagan bo‘lardi", deyiladi xabarda.

Ijtimoiy tarmoqlarda muxolifat vakili vazirni ziqnalikda aybladi. Sotsial-demokratlar fikricha, vazir o‘z ishi bilan jamaotchilikka "yomon signal yo‘llamoqda" ekan.

Eslatib o‘tamiz, irlandlarning Ryanair aviakompaniyasi Daniya "so‘llar" va kasaba uyushmalari yetakchilarining qora ro‘yxatiga tushib qolgan. Ularning ta'kidlashicha, kompaniya o‘z xodimlari bilan Daniya ijtimoiy modeliga qarshi siyosiy doirada munosabatda bo‘ladi. O‘z vaqtida kasaba uyushmalari Kopengagen va Billiun aeroportlaridan aviakomaniyani siqib chiqarishga erishishgandi. Daniya davlat ishchilariga o‘z ish safarlariga Ryanair reyslaridan foydalanish taqiqlangan.

Bosh vazir bu haqda hech qanday sharh bermagan.

Ko‘proq yangiliklar: