Tsukerberg terrorchi telefoni himoyasini buzishni rad etgan Apple`ni qo‘llab-quvvatladi

Fan-texnika 08:48 / 23.02.2016 2187

Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Tsukerberg FQBga San-Bernardinodagi qurolli hujumda ishtirok etgan terrorchilardan birining iPhone smartfoni himoyasini buzishga yordam berishni rad qilgan Apple korporatsiyasi tomonida ekanini bildirdi. Bu haqda USA Today nashri xabar bergan.

"Biz Apple to‘g‘ri qaror qilganiga ishonch bildiramiz va uning tomonida turamiz. Biz tizim himoyasi kafolatlanishi eng muhim jihat ekaniga ishonch bildiramiz", deydi u.

U yuqori texnologiyali kompaniyalarga nisbatan ular tizimining himoyasini kuchsizlantirish haqida bildirilayotgan talablarga qarshi kurashish davom ettirilishini, bu kabi talablar kompaniyalarga o‘z mahsulotlarining xavfsizligini ta'minlashdagi harakatlariga xalaqit berayotganini qo‘shimcha qilib o‘tgan.

O‘z navbatida Twitter kompaniyasi ham Apple`ning qarorini qo‘llab-quvvatlagan. Uning rahbari Jyek Dorsi Twitter`dagi sahifasi orqali "Biz Apple`ni qo‘llab-quvvatlaymiz va Tim Kukka yetakchiligi uchun minnatdorlik bildiramiz", deya fikr qoldirgan.

Shuningdek, Google va WhatsApp kompaniyalari ham Apple`ni qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qilgan edi.

Bundan avvalroq, Apple iPhone ma'lumotlarini shifrlash masalasini AQSh Kongressi hal qilishi lozimligini ma'lum qilgandi.

AQSh sudi Apple‘ga 26 fevralgacha muhlat berdi

Donald Tramp Apple’ni boykot qilishga chaqirdi

FQB raisi: Apple’ga qo‘yilgan talab boshqa mijozlarning xavfsizligiga tahdid qilmaydi

San-Bernardinodagi terakt jabrdiydalari Apple’ga qarshi chiqishmoqda

Ko‘proq yangiliklar: