Byudjyet ishchilari maosh haqida SMS orqali ma'lumot olishi mumkin

O‘zbekiston 10:11 / 23.02.2016 27742

O‘zbekiston Moliya vazirligi UzASBO tizimida maxsus xizmat ishga tushganini e'lon qildi. Bundan buyon, byudjyet ishchilari o‘z maoshlari haqidagi ma'lumotlarni SMS xabari orqali bilib olishlari mumkin.

Muassasa ma'lumotiga ko‘ra, yangi xizmat 2016 yilning fevralidan boshlab ishga tushadi. Kerakli ma'lumotlarni olish uchun, mijozlar 7878 qisqa nomerga quyidagi xabarni yuborishlari kerak zp*SSSSSSS*MM*YYYY

Ushbu xabarda zp – oylik maosh haqida ma'lumot olish so‘rovi, SSSSSSS – xodimning UzASBO dasturiagi individual kodi, MM – oy, YYYY – yil sonlaridir. SSSSSSS – kodini har bir xodim o‘zi ishlayotgan tashkilotning moliya bo‘limidan bilib olishi mumkin.

2011 yilda ishga tushirilgan UzASBO dasturiga hozirgi vaqtda 26 ming byudjyet tashkilot va muassasalari ulangan. UzASBO dasturi banklar bilan hamkorlikni rivojlantirib bormoqda. Bugungi kunda Xalq bankining barcha bo‘limlari, Ipoteka banki, Agrobank, Mikrokreditbank, Qishloqqurilishbanki, O‘zsanoatqurilishbanki, Asaka bank va Ipak yo‘li banki dastur bilan hamkorlik qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: