Buffon: «Bavariya»ga qarshi o‘yinga 3 yil oldingidan ko‘ra o‘zimizga ko‘proq ishonch bilan tushamiz»

Sport 16:13 / 23.02.2016 2247

«Yuventus» jamoasi darvozaboni Janluiji Buffon YeChLning nimchorak finalida «Ko‘hna sinoralar»ning «Bavariya»ga qarshi o‘yini haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Albatta bizni oldinda „Bavariya“ga qarshi o‘ta jiddiy o‘yin kutib turibdi. Bu jamoaning zaif nuqtalari deyarli yo‘q.

„Yuventusa“ haqida ham yaxshi fikrlar bildirish mumkin, biz mavsum davomida o‘yinimizni kuchaytirib keldik.

3 yil oldin „Bavariya“ bilan to‘qnash kelganimizda bu jamoani to‘xtatishning iloji yo‘q edi va yakunda ular YeChLda g‘alaba qilishdi. O‘shanda 2 uchrashuvni ham 0:2 hisoblarida boy bergandik, lekin bu bizninsh juda kuchsiz bo‘lganimizni ham anglatmaydi.

„Bavariya“ hamisha turnir favoritlaridan biri bo‘lib kelgan. Ular o‘z o‘yinlarini ko‘rsata olmagan vaqtlarida ham yarim finalga chiqishgan.

Bizning vazifamiz raqibni yengish va Myunxenga, ikkinchi o‘yin uchun xotirjamlik bilan yo‘l olishni ta'minlash.

Bu o‘yin yarim finalga to‘g‘ri kelganida yaxshiroq bo‘lardi», deydi Buffon.

Ko‘proq yangiliklar: