Britaniyalik o‘z ismini "Bekonli qo‘sh chizburger" deb o‘zgartirdi

Jamiyat 12:41 / 23.02.2016 2740

London chetida yashovchi Sem Smit o‘z ismini "Bacon Double Cheeseburger" (Bekonli qo‘sh chizburger) deb rasman o‘zgartirdi, deb yozmoqda Evening Standart nashri.

Smit pabdagi o‘tirishda do‘stlari bilan ismlar borasida bahslashganidan keyin bunday qarorga kelgan. Mister Chizburger, o‘sha kuni keragidan ortiq spirtli ichimlik iste'mol qilib yuborganini aytmoqda. Erkakning aytishicha, sevimli burgerining nomi uning miyasiga o‘sha onda kelgan birinchi antiqa nom bo‘lgan.

33 yoshli britaniyalikning aytishicha, uzoq safarlarda uning ismi shubha uyg‘otmaydi, biroq Yevropaga safarlarida mehmonxona xodimlari bu ismni eshitib, shubhalana boshlaydilar. Erkak o‘zining ishchi maktublarini B D Cheeseburger deb imzolamoqda.

Ta'kidlanishicha, Smitning do‘stlari, hamkasblari va otasi uning bu qilmishiga xayrixohlik bilan qarashgan, biroq onasining bundan ko‘ngli g‘ash bo‘lgan. Smitning qallig‘i Izabella ham bunga qarshi chiqmoqda, chunki hech kim erining ismi Bekon bo‘lishi, o‘zi esaChizburger familiyasini olib yurishni istamaydi.

Agar ular orasida to‘y bo‘ladigan bo‘lsa, Bekonli Qo‘sh Chizburger o‘z ismini yana o‘zgartirishni rejalashtirmoqda, biroq qilgan ishidan afsusda emasligini aytdi. Uning aytishicha, bu yaxshigina hayotiy tajriba bo‘lib, bundan voqif bo‘lgan yon-atrofdagilarga xursandchilik ulashadi.

Ko‘proq yangiliklar: