Bolgariya bosh vaziri o‘q solingan tahdid xati oldi

Jahon 07:16 / 23.02.2016 3271

Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisov o‘ldirish bilan tahdid qilingan maktub oldi. Konvert ichida siyosatchining surati, o‘q va gazetadan qirqib olingan harflardan tuzilgan xabar bo‘lgan.

Bu haqda Bolgariyaning Novinite sayti ma'lum qildi. Ta'kidlanishicha, maktub Vazirlar kengashi manziliga anonim holda yuborilgan.

Bosh vazir bu tahdidga hayron bo‘lmadi, chunki u yaqinda kontrabandachilarga tegishli 1,7 mlrd dollarni musodara qildirgan va bir qator yuqori lavozimli amaldorlarni o‘z lavozimidan bo‘shatib yuborgandi.

Ko‘proq yangiliklar: