Amirlik poytaxti Abu-Dabi rahbarlari mamlakat timsollaridan biri bo‘lgan Jabal Hafit tog‘ini chiqindi va grafitdan tozalash operatsiyasi boshlanganini e'lon qilishdi.
Kommunal xizmatlar qoyalarni yuvishadi va tog‘ tepaliklarini odamlardan qolgan chiqindilardan tozalashadi. Politsiya esa tozalikni nazorat qiladi va qoidani buzganlarni jarimaga tortadi, xabar beradi TASS.
Amirlikning ochiq osmon ostidagi yodgorligi ko‘rinishiga daxl qiluvchi har qanday qoidabuzarlik 300 dollar miqdoridagi jarima bilan jazolanadi. Qoidani takroran buzganlar esa davlatga 600 dollar jarima to‘laydilar yoki qamoq jazosiga tortiladilar.
Toqqa har qanday surat chizish yoki ifloslantirish BAA qonunchiligini buzish hisoblanadi.
Jabal Hafit tog‘i allaqachon atrofdagi qoyalarga o‘zidan xotira qoldirishni istaydigan ko‘cha rassomlari va Amirlik yoshlarining ziyoratgohiga aylangan. BAA aholisi tog‘da dam olishni yoqtirishadi, tabiiyki, o‘zlaridan chiqindi qoldirishadi, ommaviy xojatxonalarning yo‘qligi esa ifloslik darajasini yanada oshiradi. Qolaversa, Amirlik timsollarining biriga olib boruvchi tog‘ yo‘li ko‘plab odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan avtomobil halokatlari tufayli yomon ma'noda shuhrat qozongan.
Jabal Hafit tog‘i dengiz sathidan 1240 metr balandlikda joylashgan va Abu-Dabi sahrosidagi eng baland nuqta hisoblanadi. Tog‘ mamlakatning eng diqqatga sazovor joylaridan biri va chet ellik sayohatchilar o‘rtasida mashhur.