AQShlik haydovchilar bir yil ichida 5 trln kilometr yo‘l bosib o‘tishdi

Jahon 10:58 / 23.02.2016 2222

AQShlik haydovchilar bosib o‘tilgan yo‘l bo‘yicha rekord o‘rnatdilar, deb yozmoqda rasmiy ma'lumotlarga iqtibos keltirgan holda Los Angeles Times nashri.

Ular 2015 yil davomida 3,1 trln mil, ya'ni 5 trln km dan sal kamroq yo‘l bosib o‘tishdi. Bu masofa Plutonga 337 marta borib-kelishga ketgan yo‘lga barobar.

Avvalgi rekorod 2007 yilda o‘rnatilgandi, o‘shanda 3 trln mil yo‘l bosib o‘tilgan, shundan keyin ko‘rsatkichlar jahon iqtisodiyotidagi pasayish sababli tushib ketgan.

Ko‘proq yangiliklar: