AQSh va Rossiya Suriyada 27 fevraldan boshlanadigan yarashuv ishtirokchilari aviazarbalarga uchramasligi uchun o‘zaro ma'lumotlar almashadi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Ta'kidlanishicha, AQSh va Rossiya boshqa davlatlar bilan birgalikda Suriyaning qaysi qismida terrorchilar borligini aniqlashtirib oladi va shu tariqa o‘t ochishni to‘xtatish tartibi ishtirokchilari orasida yo‘qotishlar xavfini minimallashtiradi.
Shuningdek, Suriyadagi yarashuvning bajarilishi bo‘yicha davlatlar o‘rtasida ma'lumot almashish maqsadida "qaynoq liniya" yoki ishchi guruh yaratish rejalashtirilmoqda.