AQSh va Janubiy Koreya raketalarga qarshi mudofaa vositalarini joylashtirish bo‘yicha muzokara boshlaydi

Jahon 10:34 / 23.02.2016 2561

AQSh va Janubiy Koreya hafta davomida Koreya yarimorolida raketalarga qarshi mudofaa vositalarini joylashtirish bo‘yicha muzokara boshlashlari kerak. Bu haqda Janubiy Koreya mudofaa vazirligiga iqtibos keltirgan holda "Ryonxap" axborot agentligi xabar berdi.

Vositalar joylashtirilishi haqidagi hujjat imzolangandan keyin ikki davlat uni batafsil muhokama qilishni boshlaydi. Mintaqada THAAD majmualarining joylashtirilishi Shimoliy Koreya raketa va yadroviy sinovlar o‘tkazganidan keyin undan solinayotgan tahdid sababli amalga oshiriladi.

Avvalroq Janubiy Koreyaga AQShning F-22 Raptor qiruvchi samolyotlari kelgani ma'lum qilingandi.

Shimoliy Koreyaning dunyo hamjamiyati bilan munosabatlaridagi navbatdagi keskinlashuv Pxenyan tomonidan yanvarda o‘tkazilgan yadroviy sinovlar va fevralda raketa uchirilishi natijasi bo‘ldi. Shimoliy Koreya tomonidan BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasining buzilishiga Janubiy Koreya, Xitoy va Rossiya kabi qo‘shni davlatlar hamda AQSh, Avstraliya, Yaponiya va boshqa davlatlar qarshi chiqdi.

Ko‘proq yangiliklar: