AQSh adliya vazirligi Apple kompaniyasidan Federal qidiruvlar byurosiga bir nechta iPhone’larga kira olishni taqdim qilishni so‘radi, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal nashri.
Adliya vazirligi bu gal smartfonlarni ochishni nimaga asoslanib so‘ragani oshkor qilinmagan. Shunisi ma'lumki, bu ishlar terrorchilik holatlariga bog‘liq emas.
Shu tariqa, kompaniya navbatdagi sud taftishlariga tortilishi mumkin.
16 fevralda Kaliforniya sudi Apple kompaniyasiga FQBga San-Bernardinodagi hujumni uyushtirgan terroorchilarning biriga tegishli bo‘lgan iPhone smartfoniga kirishni ochib berish majburiyatini qo‘ygan. Biroq Apple bu masalada yordam berishdan bosh tortgan.