Apple va FQB o‘rtasidagi tortishuvda Bill Geyts kompaniya tarafida emas

Fan-texnika 15:59 / 23.02.2016 3128

San-Bernardino terrorchilaridan birining smartfonini buzib ochish masalasi bo‘yicha, Microsoft asoschisi Bill Geyts FQB tarafida ekanligini aytdi.

"Davlat kompaniyaning o‘ziga tegishli bo‘lgan ma'lumotni ochib berishni so‘rashayotgani yo‘q, ular aniq bir vaziyatga tegishli bo‘lgan holatda axborot olish huquqini so‘rab murojaat qilmoqdalar",- deb ta'kidladi Bill Geyts.

"Bu telefon kompaniyasiga oddiy so‘rov bilan maxsus xizmatlarga bajarilgan qo‘ng‘iroqlar haqida ma'lumot olish bilan farqlanmaydi", deb qo‘shimcha qildi u.

Geyts shuni aytib o‘tdiki, Microsoft ham Reform Government Surveillance kompaniyalar guruhiga kirib, o‘zining mijozlarining axborot xavfsizligini ta'minlash haqidagi fikrni qo‘llab quvvatlaydi.

Undan oldin esa, Facebook asoschisi Mark Tsukerberg Apple tarafida ekanligini aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: