23 fevral kuni Afg‘oniston shimolidagi Qunduz shahrida ro‘y bergan portlash tufayli kamida 8 kishi jarohatlangan. Bu haqda Sinxua agentligi xabar tarqatgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlash shahar bosh maydoni yaqinidagi avtomobilga o‘rnatilgan qurilmaning harakatga keltirilishi oqibatida sodir etilgan.
Hozircha bu portlash uchun javobgarlikni hech bir tashkilot o‘z zimmasiga olmadi.