Mobile World Congress 2016 ko‘rgazmasi doirasida Acer va Lenovo kompaniyalari ham hamyonbop flagman smartfonlarni namoyish etishdi.
Acer ikkita smartfon — Liquid Zest va Liquid Zest 4G’ni taqdim etdi. Har ikkala qurilma ham Zero Air Gap va On-Cell Touch texnologiyalari asosida qurilgan HD-formatidagi ekranga ega. Acer’ning boshqa bir texnologiyasi BluelightShield ko‘k nurning radiatsiya intensivligini kamaytiradi.
Qurilmalar 8 megapikselli asosiy va 5 megapikselli keng burchakli frontal kamera hamda DTS Sound Studio ovoz texnologiyasiga ega bo‘lib, Android 6.0 boshqaruvchi ostida ishlaydi. Shuningdek, mashhur o‘yinlarga ulanish uchun GameZone dasturi ham o‘rnatilgan. Yevropa, O‘rta Sharq va Afrikada ularni 109 va 149 yevro narxida sotib olish mumkin.
Acer bundan tashqari, kuchli MediaTek MT6753 8 yadroli protsessoriga ega Liquid Z630S smartfonini taqdim etdi. Unda 3 gigabaytli operativ va 32 gigabaytli doimiy xotira, shuningdek, 4000 milliamper-soat sig‘imidagi akkumulyator mavjud. Qurilma narhi – 229 yevro.
Lenovo ham o‘zining qimmat bo‘lmagan metall korpusga ega yangi qurilmalarini namoyish etdi. Smartfon Vibe K5 Plus smartfoni 5-dyuymli Full HD displeyi, 13 megapikselli kamera, 2 gigabaytli operativ xotira, ikki SIM-karta uchun o‘rin va 2750 milliamper-sig‘imli akkumulyatorga ega.
Lenovo Vibe K5, Vibe K5 Plus Budget Smartphones Launched at #MWC16 https://t.co/0Wk3VDPNCO pic.twitter.com/nHITgbzgwj
— Gadgets 360 (@Gadgets360) 21 fevralya 2016
Yana bir yangi smartfon Vibe K5 5 dyuymli HD-ekran va Snapdragon 415 chipga ega.