2015 yil Xitoy eksport va elektron savdo hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi

Iqtisodiyot 10:09 / 23.02.2016 2926

2015 yil yakunlariga ko‘ra, Xitoy eksport va chakana internet savdosi hajmi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda XXR tijorat vaziri Gao Xuchen ma'lum qildi, xabar beradi TASS.

“O‘tgan yili tashqi savdoda asosiy e'tiborni barqarorlikka va yangi raqobatbardosh ustunliklar yaratishga qaratdik. 2015 yilda tashqi savdo olib borish sharoitlari yaxshilandi, chet el bilan savdolashish modeli zamonaviylashtirildi, shuningdek, xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish ham rag‘batlantirildi”, - qayd etdi vazir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yil Xitoyning internet-savdo ko‘rsatkichi 31,6 foiz – 3,2 trillion yuan (490 milliard dollar)ga o‘sgan.

2015 yil yakuni hisoblariga ko‘ra, Xitoy tashqi savdo hajmi 24,59 trillion yuan (3,64 trillion dollar)ni tashkil etgan, bu 2014 yil ko‘rsatkichlaridan 7 foizga kam. O‘tgan yili eksport hajmi 1,8 foizga kamaygan va 14,14 trillion yuan (2,15 trillion dollar)ni tashkil qilgan bo‘lsa, import 13,2 foizga pasayib,10,45 trillion yuan (1,59 trillion dollar)ni tashkil etgan.

O‘tgan yili Xitoy jalb etilgan chet el sarmoyalari hajmi bo‘yicha ham eng yuqori darajani ko‘rsatgan. Umuman, Xitoy bu ro‘yxatda chet mamlakatlardan sarmoya olib kirish bo‘yicha 24 yil ketma ket birinchi o‘rinni egallab kelyapti. Chet elga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya tikish bo‘yicha esa 2015 yilda Xitoy uchinchi o‘rinda turibdi.

Ko‘proq yangiliklar: