Daniya terma jamoasi va Germaniyaning "Volfsburg" klubi futbolchisi Niklas Bentner Instagram’da "Mersedes" yonida tushgan suratini chop etdi, vaholanki u o‘ynaydigan klubning egasi va homiysi "Folksvagen" kompaniyasi hisoblanadi.
Suratda Folksvagen bashang "Mersedes" avtomobili yonida turibdi. Bir qaraganda, hech qanday ajablanadigan jihati yo‘qqa o‘xshaydi – futbolchi shunchaki o‘zining shaxsiy avtomobili yonida turibdi. Biroq klubning salbiy munosabatiga futbolchining klub homiysi "Folksvagen"ning raqobatchisi mashinasi yonida turgan suratini ijtimoiy tarmoqda chop etgani sabab bo‘lgan.
Klub vakilining izohlashicha, klubning ichki qoidalari klub a'zolariga istalgan markadagi avtomobilni sotib olishga ruxsat beradi. Biroq bu mashinalar bilan omma oldida ko‘rinish berish borasida ma'lum cheklovlar mavjud. Shu sababli, futbolchi jarimaga tortildi.
Futbolchining maoshidan ushlab qolinadigan jarimaning aniq qiymati ma'lum qilinmagan.