“E-YOSHLAR.UZ”da g‘olib chiqqan IUT talabasi - Koreyaga boradi!

O‘zbekiston 09:01 / 23.02.2016 2528

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 21-yanvardagi 15-sonli bayoniga muvofiq yuksak ma'naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat'iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega bo‘lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirishga qaratilgan "e-yoshlar.uz" internet tanlovini o‘tkazish belgilangan edi. Joriy yilning fevral oyidan boshlab, www.e-yoshlar.uz veb-saytida tanlov e'lon qilindi. Tanlov shartlari bilan yoshlar.uz sayti orqali batafsil tanishish mumkin.

O‘z navbatida Toshkent shahridagi Inha universiteti IUT talabalarini tanlovda faol ishtiroklarini rag‘batlantirish maqsadida o‘z sovrinini ajratdi. Sovrin ham oddiy emas – Janubiy Koreyaga sayohat! Endilikda, “E-YOSHLAR.UZ” internet-tanlovida g‘olib chiqqan IUT talabasi – Janubiy Koreyada tashkil etiladigan “Inha Summer School” – talabalarning yozgi maktabiga yuboriladi!

Eslatib o‘tamiz, tanlovga yuborilgan ijod namunalari foydalanuvchilar tomonidan 1-apreldan 30-aprelgacha baholanadi va g‘oliblar aniqlanadi. Tanlovning har bir nominatsiyasi bo‘yicha sovrinli o‘rinlarni egallagan g‘oliblar diplom, pul mablag‘lari va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar, deb yozadi inha.uz rasmiy sayti.

Ko‘proq yangiliklar: