ZTE kompaniyasi 2016 yilda 60-70 million dona qurilma sotishni rejalashtirgan

Fan-texnika 17:15 / 22.02.2016 2320

ZTE yangi qiymatga ega telefonlar liniyasini namoyish etadi: kompaniya 2016 yilda 60-70 million dona qurilma sotishni ko‘zlamoqda.

"Smartfonlar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda oltinchi o‘rinda turadigan Xitoyning ZTE kompaniyasi yangi qiymatga ega bo‘lgan modellarini namoyish etadi, joriy yilda 60-70 million dona qurilma sotishga intilmoqda", dedi kompaniyaning ijrochi dirktori.

Kompaniyaning Mobil qurilmalar bo‘yicha boshqaruvchisi Veymen Lamning Jahon mobil kongresida (Mobile World Congress) bergan intervyusiga ko‘ra, kompaniya sotish bo‘yicha 60 million donalik ko‘rsatkichga yaqinlashmoqda, bu esa 2015 yildagi sotishga nisbatan 7 foizlik o‘sishni anglatadi.

Ko‘rsatkichning eng yuqori natijasi 70 million dona deyarli 20 foizlik o‘sish demakdir.
ZTE yangi modellari bilan birgalikda Ispaniyaning "Sevilya" futbol klubi bilan yangi sport marketing hamkorligini namoyish etdi.

Aytish joizki, ZTE beshta professional basketbol jamoasiga homiylik qiladi.

Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan Blade V7 Lite 5-dyuymli ekranli qurilmani bir qo‘l bilan ham boshqarish mumkin. Mazkur model dastlab Rossiyada sotuvga chiqariladi, bir necha oylardan so‘ng esa Meksika, Ispaniya, Germaniya va Tailand bozorlarida ham uning sotuvlari yo‘lga qo‘yiladi.

Biroz kattaroq hajmga ega bo‘lgan Blade V7 metal g‘ilofdagi bitta qo‘l bilan boshqariladigan 5.2-dyuymli ekran, 13 megapikselli old va orqa kameralarga ega.

Mazkur model yoz oylarida sotuvga qo‘yiladi.

Kompaniya yangi modellarning narxini hali oshkor qilganicha yo‘q. Biroq Lamning bergan ma'lumotiga ko‘ra, Blade V7’ning narxi 250 yevro atrofida, Blade V7 Lite esa 200 yevrodan past narxga, hatto 150 yevro qiymatida ham sotuvga qo‘yilishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: