Xitoyda yanvar oyining o‘zida 5 ming mansabdor intizomni buzgan

Jamiyat 18:25 / 22.02.2016 2430

Xitoy Xalq Respublikasi hukumati mamlakat kommunistik partiyasi intizomini buzgan 5459 mansabdorni jazoga tortdi.

Tegishli idoralar noqonuniy subsidiya va nafaqalar olish, xizmat mashinalaridan foydalanish va jamoat fondi mablag‘lari hisobiga banketlar tashkillashtirish, shuningdek, pora olish va berish kabi 3945 qonunbuzarliklar ishlarini ko‘rib chiqishgan.

Intizomni nazorat qilish bo‘yicha markaziy komissiyasi korrupsiyaga qarshi kurashuvchi va uning qatorida boshqa xizmat vazifalarini suiste'mol qilish holatlarini nazorat qiluvchi Kompartiyaning muhim bo‘lagidir.

Komissiya ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda partiya intizomini buzgan deyarli 50 ming mansabdor jazoga tortilgan.

Korrupsiyaga qarshi keng miqyosli kurash 2012 yili Si Tszinpinning Xitoy Xalq Respublikasi rahbarligiga kelishi bilan boshlandi. Xitoy antikorrupsiyali hamkorlikning global tarmog‘ini yaratishga urinyapti va jinoiy ishlarda xalqaro huquqiy yordam ko‘rsatishga taalluqli qonunchilikni ishlab chiqishga oid masalalarni o‘rganib chiqyapti. Ayni paytda Pekin chet davlatlar bilan qochoq mansabdorlar ekstraditsiya (Chet mamlakat qonunlarini buzgan shaxslarni o‘sha mamlakatga rasman topshirish) si haqida muzokaralar olib bormoqda.

Ko‘proq yangiliklar: