Xitoyda qatl etilgan qirg‘izistonlik ayol jasadi Qirg‘izistonga olib kelindi

Jahon 21:37 / 22.02.2016 21283

Xitoyda qatl etilgan Qirg‘iziston fuqarosi Svetlana Kulbayevaning jasadi o‘z vataniga olib kelindi. Bu haqda Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligi ma'lum qildi.

Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, 200-yuk Qirg‘izistonga 20 fevralda samolyotda olib kelindi. Aeroportda ayolning tobutini Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligi vakillari va ayolning o‘g‘li kutib oldi. Ayolning jasadi qarindoshlariga dafn qilish uchun topshirildi.

Svetlana Kulbayeva 2010 yil 5 oktabrda Xitoyning Urumchi aeroportida hibsga olingan. Ayolning qo‘l yuki tekshirilganda 7 kg dan ko‘proq geroin moddasi topilgan. Keyinroq ayol o‘lim jazosiga mahkum qilingandi. Qirg‘izistonlik diplomatlarning Xitoy hukumati bilan ayblanuvchining Qirg‘izistonga topshirilishi bo‘yicha muzokaralari hech qanday natija bermagan. Ayol 2016 yil 4 fevralda qatl qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: