Xiddink "Manchester Siti" futbolchilariga tanga sochgan londonlik muxlislarni savdoyi deb atadi

Sport 16:40 / 22.02.2016 3961

London shahrining "Chelsi" jamoasi bosh murabbiyi Guus Xiddink o‘z jamoasi muxlislaridan qattiq norozi bo‘ldi. U Angliya Kubogining 1/8 finalida "Manchester Siti"ga qarshi 21 fevral oqshomida o‘tkazilgan uchrashuv vaqtida londonlik muxlislar tomonidan amalga oshirilgan harakatlarni qattiq tanqid ostiga olgan. O‘yin vaqtida mahalliy muxlislar "shaharliklar"ning futbolchilariga qarata tangalar uloqtirishgandi.

Gollandiyalik bu mutaxassis shu kuni mezbon jamoa futbolchilariga hurmatsizlik qilgan bezori muxlislar topilishi va ularga jazo tayinlanishiga umid bildirgan.

"Menga bu haqda aytishdi. Boshqa faktlar ham bor. "Chelsi" jamoasi bunday holatga tanqidiy ko‘z bilan qaraydi va qarshi zarur choralarni amalga oshiradi. Bunday shaxslar stadionga boshqa kiritilmasligi kerak.

Bunday telbalar atrofdagilar uchun noqulaylik va xavf tug‘diradi. Agar ularni topsak, ular uchun "Stemford Brij" eshiklarini yopib qo‘yamiz.

Buni jinoiy harakat sifatida ham ko‘rib chiqish mumkin. Biz politsiya bilan hamkorlik qilishga tayyormiz. Bundaylar o‘z qilmishi uchun javob berishi kerak", deya Xiddinkning so‘zlaridan iqtibos keltiradi "Chelsi" rasmiy sayti.

Ko‘proq yangiliklar: