Voronina va Radzivil Osiyo chempionatida oltin medalga sazovor bo‘lishdi

Sport 15:52 / 22.02.2016 1727

Qatarda o‘tkazilgan yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari 2ta oltin, 1ta kumush va 2ta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bergan.

O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga oltin medallarni Yekaterina Voronina (beshkurash) va Svetlana Radzivil (balandlikka sakrash, 1 m. 92 sm.) keltirgan.

Balandlikka sakrash sektorida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan yana bir tajribali sportchi Nadiya Dusanova 1 m. 88 sm. natija bilan kumush medal sovrindori bo‘ldi.

Osiyo chempionatining bronza medali Marat Xaydarov va Valentina Kibalnikovaga nasib etdi.

Ko‘proq yangiliklar: