O‘zbek-Koreys qo‘shma korxonasi Uz-Hanwoo Rossiyaga kapot termoshumoizolyatsiyasi eksportini yo‘lga qo‘ydi.
«Uzavtosanoat» AK ning ma'lumoti bo‘yicha, Uz-Hanwoo qo‘shma korxonasi Rossiyaning «Ural-Nekst» avtomobillari uchun kapot termoshumoizolyatsiyasini ishlab chiqarish va eksport qilishni boshladi», deb xabar beradi uzdaily.uz nashri.
Qo‘shma korxonaning mahsulotlari Rossiyaning «AZ «URAL» OAJ kompaniyasiga taqdim etiladi. Eksportni boshlashdan avval Uz-Hanwoo QK ishlab chiqarish oldi auditi tekshiruvidan o‘tgan.
«Uzavtosanoat» AK ning ma'lumotiga ko‘ra, Uz-Hanwoo QK tez orada V MAN Auto – Uzbekistan qo‘shma korxonasining yuk avtomobillari uchun shovqinni bartaraf etish kapot avto qismlarini yetkazib berishni boshlaydi.