Ummon elchisi bilan Toshkentda Sharq qo‘lyozmalari markazi kutubxonasini qurish masalasi muhokama qilindi

O‘zbekiston 18:51 / 22.02.2016 3727

2016 yilning 22 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Ummon sultonligining favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Said Muhammpd Al Lavati qabul qilindi.

Muloqot davomida ikki tomon kun tartibining joriy masalalari, jumladan Toshkent shahrida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazi kutubxonasining binosini qurish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish jarayoni hamda turli shakllardagi O‘zbekiston-Ummon hamkorligining istiqbollari muhokama qilindi.

Shu kuni TIVda Koreya Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Li Uk Hyon bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: