O‘zbekiston Ukrainadan keltiriladigan mahsulotlarga qo‘shimcha qiymat solig‘ini bekor qildi. Bunga javoban Ukraina hukumati ham yaqinda ba'zi turlariga qo‘shimcha davlat boji o‘rnatilgan o‘zbek avtomobillari kirishini erkinlashtirishi mumkin.
"Ukraina va O‘zbekiston savdo mojarosida birinchi bo‘lib Osiyo vakillari yon bosdi. O‘zbekiston Ukrainadan olib kiriladigan mahsulotlarga 2015 yil 1 iyuldan bir yil muddatga kiritilgan qo‘shimcha davlat bojini muhlatidan avval bekor qildi. Bu O‘zbekiston hukumatining 2016 yil 18 fevraldagi 45-sonli qarorida belgilab qo‘yilgan", deb xabar beradi autocentre.ua.
Endi Ukraina 2015 yilning 5 dekabridan kuchga kirgan xalqaro savdo bo‘yicha Idoralararo komissiyasi qarorini bekor qilishi mumkin. Ushbu qaror bo‘yicha O‘zbekistondan kirib keladigan avtomobillar uchun 12,2 foiz miqdorida qo‘shimcha boj undiriladi. Bu 1 dan 2,2 litrgacha hajmidagi benzin dvigatelli yangi avtomobillarga taalluqli hisoblanadi.