Turkiyadagi fermalardan birida ikki oyoqli qo‘zichoq dunyoga keldi. Bundan xursand bo‘lgan qo‘yning egasi unga "melek", ya'ni turk tilidan tarjima qilinganida "farishta" deya nom berishga qaror qilganini aytgan.
Mol doktori bunday hodisa har millionda bir marta sodir bo‘ladigan noyob holat ekanini qayd etgan.
YouTube orqali namoyish etilgan videoda qo‘zichoqning ahvoli yaxshiligi, yurishining o‘ziga xosligi hatto itda ham qiziqish uyg‘otganini ko‘rish mumkin.