Toshkentdagi bir qator ko‘chalarda kapital ta'mirlash ishlari o‘tkaziladi

O‘zbekiston 15:25 / 22.02.2016 5964

2016 yilning kuz fasliga qadar Toshkent shahridagi bir qator ko‘chalarning alohida qismlari kapital ta'mirdan chiqariladi. Bu haqda «Toshkent oqshomi» gazetasida xabar berilgan.

Manbaga ko‘ra, Toshkent shahar markaziy yo‘llarni ta'mirlash va texnik xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan boshqarmasi shaharning sakkizta hududidagi yo‘llarni kapital ta'mirdan chiqarish uchun dastlabki qiymati 7,562 mlrd so‘m (QQS bilan) bo‘lgan tender e'lon qilgan.

Kapital remont qilinishi rejalashtirilgan yo‘llarga quyidagilar kiritilgan:

Nukus ko‘chasi (Bobur ko‘chasidan Taraqqiyot ko‘chasining yerosti transport yo‘ligacha) — 977,638 mln so‘m;
Bobur ko‘chasi (Aeroport ko‘prigidan Nukus ko‘chasigacha) — 349,406 mln so‘m;
Yangi Yunusobod ko‘chasi (Yangi shahar ko‘chasida Toshkent halqa yo‘ligacha) — 1,641 mlrd so‘m;
H. Bayqaro ko‘chasi (Bektemir tumani Soliq boshqarmasi binosidan Bektemir yo‘li ko‘chasigacha) — 1,648 mlrd so‘m;
Qorasaroy ko‘chasi (Abdulla Qodiriy ko‘chasidan Qumloq ko‘chasigacha) — 654,421 mln so‘m;
Beshyog‘och ko‘chasi (Samarqand Darvoza ko‘chasidan Masjid binosigacha) — 322,326 mln so‘m;
Katta Qa'ni ko‘chasi (Foziltepa ko‘chasidan Al-Xorazmiy ko‘chasigacha) — 1,617 mlrd so‘m;
Beshariq ko‘chasi (Izzat ko‘chasidan 48-uy yonigacha) — 353,019 mln so‘m.

Ko‘rsatib o‘tilgan ko‘chalarni ta'mirlash ishlari 25 oktabrgacha to‘liq yakunlanishi ko‘zda tutilgan. Loyihani moliyalashtirish shaharning mahalliy byudjyeti hisobidan qoplanadi.

Ko‘proq yangiliklar: