Tojikistonda giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullangan, jinoyi guruhga birlashib, Rossiya va Qirg‘iziston hududida og‘ufurushlik qilgan 4 nafar jinoyatchi sud qilindi. Bu haqida mamlakatning jamoatchilik aloqalari markazi ma'lum qildi.
"Dushanbek sudi qaroriga ko‘ra, ayblanuvchilar 14 yildan 20 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilindi", - deb izoh berdi Tojikiston milliy xavfsizlik qo‘mitasi.
Maxsus xizmatning xabar berishicha, tojikistonlik 4 nafar jinoyatchi o‘tgan yilning noyabr oyida 140 kg geroin, 50 kg opiy va kata miqdordagi ekstezi tablektkalari bilan qo‘lga olingan. Bu mahsulotlar Afg‘onistonda yetishtirilgani, Rossiya va Qirg‘istonga o‘tkazib sotish uchun tayyorlab qo‘yilgani ma'lum bo‘ldi.