21 fevral kuni Suriya poytaxti Damashqda va mamlakatning yirik shaharlaridan biri bo‘lmish Homsda teraktlar sodir etildi. Bu teraktlar jami 140 nafardan ortiq kishini hayotdan olib ketgan. Jarohatlanganlarning aniq miqdori aytilmagan.
Mahalliy nashrlar ma'lumotiga ko‘ra Suriya poytaxti Damashq janubidagi Saida Zaynab tumanidagi 4ta portlash qurbonlari soni 83 nafarni tashkil etdi.
Undan oldinroq, Homs shahrida 2 hudkush tomonidan sodir etilgan 2 terakt oqibatida 53 kishi halok bo‘lgandi.
IShID bu teraktlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.
Saida Zaynab tumani shialarning ko‘p yashovchi hudud hisoblanadi. Bu hududdagi terakt qurbonlari soni ortishi mumkinligi taxmin qilingan.
Suriyaning Homs shahridagi terakt qurbonlari soni ortib bormoqda