Suriya armiyasi Halab viloyatidagi hukumat qismlarini ta'minlash olib boriladigan trassa ustidan nazoratni o‘ziga qaytib oldi. Bu haqda o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi.
"Armiy Asriya-Xanaser trassasini jangarilardan qaytib oldi. Biroq yo‘l hanuzgacha to‘silgan. Xanaser shimolida janglar davom etmoqda, u yerdan terrorchilar yo‘lni o‘qqa tutishi mumkin", deb aytdi manba.
Manbaning aytishicha, IShID terrorchilari trassaning bir qismini minalashtirishga ulgurgan. Mutaxassislar yo‘lning bunday qismlarini minasizlashtirishni boshlab yuborishdi.
3 fevralda Suriya armiyasi xalq ko‘ngilli askarlari otryadlari ko‘magida Turkiyadan Halabning shimoliga olib boruvchi, terrorchilarga ta'minot yetkaziladigan asosiy yo‘llarni kesib qo‘yishdi.
Halab viloyatida Suriya armiyasi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qismlari va hukumat tomonda jang qilayotgan guruhlar yordamida katta ko‘lamda hujumkor janglar olib bormoqda.