Italiyaning «Roma» klubi bosh murabbiyi Luchano Spalletti jamoa sardori Franchesko Totti bilan bog‘liq holat bo‘yicha o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
«Kecha Italiya chempionati o‘yinidan oldin Tottini tarkibga kiritmoqchi edim. Ammo shunday katta futbolchi bunday gaplarni aytishi bu ulkan bir tarix yaratadi.
U meni raketa bilan mo‘ljalga olib, so‘zlar orqali bir necha hujumlarni amalga oshirdi. Bunga qandaydir chora ko‘rilishi shart edi. Totti – chempion. Uning erishgan natijalarini hurmat qilaman. Ammo men butun boshli jamoani hurmat qilishim kerak. Boshqa holatlarda u matbuot orqali istagan gapini aytishi va bu jamoaga salbiy ta'sir qilishi mumkin edi», deydi Spalletti.
«Men Tottidan «Giggz bo‘lishni [bosh murabbiy yordamchisi] istaysanmi? Istasang, Nedved [klub direktori] bo‘lishing mumkinmi?», deb so‘radim. Agar futbol o‘ynashni istasang hamma bilan teng jismoniy holatda bo‘lishing kerak, deb unga tushuntirdim. Men unga alohida bir muhim shaxs sifatida qaray olmayman.
Meni «Roma» rahbarlari chaqirishdi va vaziyatni tuzatishni so‘rashdi. Men jamoaning yaxshi natijalari uchun qayg‘urishim kerak.
Klub rahbarlari Francheskoga g‘ayirlik qilmayotganimni bilishadi. Mening uyimda futbolkalar uchun yasalgan stend bor va stenddagi 8ta futbolkada uning, Tottining ismi tushirilgan. Bugun o‘g‘lim mendan nega Totti bilan urishib qolganimni, unga jahl qilganimni so‘radi. Men u bilan janjallashmadim, shunchaki zimmamdagi vazifamni bajarishim kerak», deya Spallettining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Football Italia.
Franchesko Totti: Vaziyat o‘zgarmasa «Roma»da qola olmayman
Spaletti Tottini tarkibdan chiqardi va uyiga jo‘natib yubordi