Sony kompaniyasi Mobile World Congress 2016 o‘zining Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimida ishlovchi yangi Xperia X smartfonlar qatorini taqdim etdi.
Yangi smartfonlar uch modellardan iborat bo‘lib, ularga besh dyuymli displeylar o‘rnatilgan.
Xperia X smartfoni Snapdragon 650 protsessori, uch gigabayt operativ xotira va 32 gigabayt doimiy xotiradan iborat. Displey hozirgi kundagi o‘rta klass smartfonlariga xos bo‘lgan 1920 ga 1080 piksellaridan tashkil topgan. Kompaniyaning rasmiy xabariga ko‘ra, smartfon ikki kun quvvat olmasdan ishlay oladi.
Xperia X Performance premium modeli kuchliroq protsessor Snapdragon 820, qum va suvdan himoyalangan korpus bilan farqlanadi.
Qurilmalarning fotomodullari bir xil o‘rnatilgan: asosiy kamera 23 megapiksel va oldingi kamera esa 13 megapiksel. Suratga olish optik barqarorlashtirish (stabilizatsiya) va prediktiv fokus olish tizimi (obektlarning kadrdagi harakatlarini oldindan seza bilish) orqali amalga oshiriladi.
Xperia XA, uchinchi modeli, hamyonbop smartfon bo‘lib, 1280 ga 720 piksel displey, 13 (asosiy) va 8 (old) megapiksel kameralar bilan jihozlangan.
Barcha modellar oltin, oq, pushti va qora ranglarda shu yilning yoz oyida sotuvga chiqariladi.