Serena Uilyams WTA reytingini uzoq vaqt davomida boshqarish bo‘yicha Navratilovadan o‘zib ketdi

Sport 19:57 / 22.02.2016 2003

Amerikalik tennischi Serena Uilyams WTA reytingida uzoq vaqt davomida yetakchilik qilish ko‘rsatkichi bo‘yicha ayollar tennisi tarixidagi eng yaxshi ikkinchi natijani ko‘rsatib turibdi. Bu haqda «Chempionat.com» xabar tarqatgan.

22 fevral kuni e'lon qilingan yangi reytingga ko‘ra, u dunyoning birinchi raqamli ayol tennischisi maqomini saqlab qolgan. Endilikda u qatorasiga 157 hafta davomida reytingni boshqarib turgan tennischiga aylandi va Martina Navratilovaning 156ta haftalik natijasidan o‘zib ketdi.

Uilyamslarning kichigi 2013 yilning 18 fevralidan beri karvonboshilikni hech kimga bermay kelyapti.

Navratilova 1982 yilning 14 iyunidan 1985 yilning 9 iyunigacha dunyo reytingini boshqargandi.

Bu boradagi eng yaxshi natija germaniyalik Shteffi Grafga tegishli bo‘lib turibdi. Uning natijasi 186 hafta davomida reytingda peshqadamlik qilishga teng (1987 yilning 17 avgustidan 1991 yilning 10 martigacha).

Ko‘proq yangiliklar: