MWC 2016 ochilish marosimida SanDisk kompaniyasi SanDisk Extreme PRO microSDXC UHS-II xotira kartasini taqdim qildi. Kompaniya ushbu karta hozirgi kunda o‘z formatida eng tez ishlaydigan xotira kartasi ekanini deya davo qilmoqda.
Xotira kartasi ma'lumotlarni o‘qish rejimida 275 mb/s, yozish rejimida esa 100 mb/s tezlikni namoyon qiladi. U UHS-II tasnifiga talablariga javob beradi va Class 10, UHS Speed Class 3 (U3) markirovkasi bilan taqdim qilinadi. Karta 64 va 128 GB xotira hajmi bilan sotuvga chiqariladi.
Ishlab chiqaruvchining ta'kidlashicha, SanDisk Extreme PRO microSDXC UHS-II kartasi, UHS-I tasnifini qo‘llab quvvatlovchi qurilmalar bilan mos bo‘lib, bundan tashqari suv, zarbalar va rentgen nurlanishidan ximoyalangan.
SanDisk Extreme PRO microSDXC UHS-II 64 va 128 GB hajmli kartalari shu yil ikkinchi kvartalidan, 180 va 300 dollar bahosida sotuvga chiqariladi.