Saakashvili Ukrainada bosh vazir lavozimini egallashdan yuqoriroq maqsadlarni ko‘zlayotganini aytdi

Jahon 07:35 / 22.02.2016 7195

Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakashvili Gruziyaning "Rustavi 2" telekanaliga bergan intervyusida Ukrainada bosh vazir lavozimini egallashdan yuqoriroq maqsadlarni ko‘zlayotganini aytdi.     

"Mening Ukrainadagi maqsadlarim bosh vazir lavozimini egallashdan ancha yuqoriroq", deb aytdi Saakashvili "Boshqa aksentlar" dasturi boshlovchisining uning Ukraina bosh vaziri lavozimini egallash-egallamasligi haqidagi savoliga javoban.

Saakashvili uning maqsadi "o‘yinning yangi qoidalarini o‘rnatish va siyosiy elitaga yangi avlodni olib kelishdan" iboratligini aniqlashtirib o‘tdi. U, shuningdek, Ukraina ayni vaqtda Gruziya atirgul inqilobigacha kechgan yo‘lni bosib o‘tayotganini aytdi. 

Saakashvilining aytishicha, "xalq barchasi yaxshilikka o‘zgarishi uchun birlashdi". U, shuningdek, 22 fevraldan faol harakatlar va hududlarda xalq bilan uchrashishni boshlashini aytdi. "22 fevraldan boshlab men 22 kun davomida Ukrainaning 22 ta shahrida uchrashuvlar o‘tkazaman", deb aytdi Saakashvili.

Ko‘proq yangiliklar: