Ruminiyalik haydovchi 246 km/soat tezligi uchun jazolanadi. Bu Ruminiya yo‘llarida qayd etilgan eng yuqori tezlik hisoblanadi.
Ruminiya yo‘l xarakati politsiyasi Transilvaniyaning Turda-Borsh avtomobil yo‘llarida o‘z mashinasida soatiga 246 kilometr tezlikda harakatlanayotgan haydovchini qo‘lga olishdi, deb xabar beradi Ukrinform.
Politsiyaning ma'lumotiga ko‘ra, 26 yoshli tezliksevar haydovchi 200 yevro jarimaga tortilgan va uch oyga haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgan.
Rekord o‘rnatgan mashina rusumi ma'lum qilinmadi.