Rossiya va AQSh 27 fevraldan Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish tartibi kuchga kiradigan kelishuv loyihasini imzolashdi, deb xabar bermoqda xorijiy diplomatik manbalarga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.
Agentlik manbalari hujjatdan IShID va "Jibhad an-Nusra" terrorchilik guruhlari chiqarib yuborilganini tasdiqlashdi, ya'ni o‘t ochishni to‘xtatish tartibi bu guruhlarga nisbatan qo‘llanmaydi.