Putin va Qatar amiri Suriyada krizisni me'yorga solish choralari haqida kelishib olishdi

Jahon 18:35 / 22.02.2016 3423

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Qatar amiri Tamim ibn Hamad Al-Toniy telefon suhbatida Suriyadagi krizisni me'yorlashtirishda yordam berish uchun ikki tomonlama aloqalarini faollashtirish to‘g‘risida kelishib olishdi.

“Qatar amirining yaqinda Moskvaga qilgan tashrifi chog‘idagi muzokaralarning davomi sifatida, rahbarlar Suriyadagi ahvolga doir dolzarb masalalarni muhokama qilishdi”, - deyiladi Kreml matbuot xizmati xabarida.

Avvalroq, Qatar amiri Tamim ibn Hamad Al-Toniy Rossiyani jahon barqarorligiga erishishda asosiy rolni o‘ynashini ma'lum qilgandi.

Putin bilan bo‘lgan suhbatda amir Yaqin Sharq muammolariga yechim topish uchun Qatar Moskva bilan aloqalarini rivojlantirish niyatida ekanini bildirgan.

Ko‘proq yangiliklar: