Pekinda 100 ga yaqin itni qassoblarga sotgan jinoy guruh qo‘lga olindi

Jamiyat 19:15 / 22.02.2016 4109

Ma'lum bo‘lishicha, jinoiy guruh a'zolari Pekin atrofida va Xebey provinsiyasidagi xonadonlardan itlarni o‘g‘irlab, kushxonalarga sotish bilan shug‘ullangan.

Pekin politsiyasi guruhning 100 lab itlarni sotib yuborgan 4 nafar a'zosini qo‘lga oldi. Bu haqida Sinxua agentligi mahalliy politsiyaga tayanib xabar berdi.

Ular ko‘proq yirik-yirik itlarni, shu jumladan, tibet mastifi, tillarang retriveri va qimmatbaho zotlarni ham o‘g‘irlashgan.

Jinoyatchilar kushxonaga itning bir kilogrammini 16 yuan(2,4 dollar)dan pullagan. Shu tarzda ular 40 ming yuan (6,1 AQSh dollari) daromad qilgani ma'lum bo‘ldi.

Ma'lumot o‘rnida: Tibet mastifi dunyodagi eng qimmat zotli it hisoblanadi.
2014 yil ana shunday zotli itni Tsindaolik puldor 2 milliona AQSh dollariga sotib olgan. Uning bo‘yi 80 sm, vazni esa 90 kg.gacha oshgan edi.

 

Ko‘proq yangiliklar: