O‘zbekistonda kinematografiya to‘g‘risidagi qonun qabul qilinadi

Jamiyat 11:01 / 22.02.2016 3742

O‘zbekistonda 2016 yil kuzda “Kinemotografiya to‘g‘risida”gi qonunning loyihasini tayyorlash rejalashtirilmoqda. Bu - Vazirlar Mahkamasining 17 fevralda tasdiqlangan qonun loyihalarini ishlab chiqish dasturida ko‘zda tutilgan.

"O‘zbekistonda kinemotografiya sohasidagi davlat siyosatida tor mavzularnigina nazorat qiluvchi qator nizomlar mavjud. Biroq ko‘plab huquqiy munosabatlar qonun doirasida umuman hisobga olinmagan", deb xabar beradi gazeta.uz nashri.

Reja bo‘yicha, qabul qilinajak qonun kinemotografiya va unga yaqin sohalarda munosabatlarni huquqiy tartibga soluvchi yagona va mukammal tizimni yaratadi.

Qonun filmlarni ishlab chiqarish, tarqatish, saqlash va namoyish etish, kino sanoatining iqtisodiy asoslari, chet el filmlarini ijaraga berish, shuningdek, ushbu sohada faoliyat yurituvchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish kabi masalalarni qamrab oladi.

Ko‘proq yangiliklar: